18:13 / 26.12.2024
346

Botir Qodirov Joʻraevlar oilasiga nima deb murojaat qildi?

Botir Qodirov Joʻraevlar oilasiga nima deb murojaat qildi?
Xonanda Botir Qodirov Instagram'dagi sahifasi orqali Joʻraevlar oilasiga murojaat qilib, “Ovoz” loyihasida otasining qoʻshiqlarini ijro etayotgan bolalarning videolarini YouTube'da bloklamaslikni soʻradi.

— Zohirshoh Joʻraev, Shohjahon Joʻraev va Gulnora Joʻraeva, bu Joʻraevlar oilasiga tegishli video. “Ovoz” loyihasining final bosqichi ishtirokchisi Qodirxon Sherali Joʻraevning “Atirgulim” qoʻshigʻini ijro etgandi. Oʻsha video “Zoʻr TV” telekanalining YouTube kanaliga qoʻyilgan edi. Sizlar ushbu videoni bloklatibsizlar.

Bundan oldingi chiqqan “Bandaman” qoʻshigʻini aytgan uchta bolachani ham bloklatgandinglar. Bu bolalarda nima ayb, aytinglar, nima ayb? Nima uchun, Joʻraevlar, bu bolalarni blok qilasizlar, nima uchun? Nima boʻladi bular qoʻshiqlarini aytsa? Butun xalqimiz sevib tinglab, mazza qilib dam olishyapti. Nima uchun bu ishlarni qilyapsizlar, nima uchun bolalarga ham taqiq qoʻyyapsizlar?

Menga shuncha yil taqiq qoʻydinglar, men indamadim. Hozir sudning qaroridan keyin sizlar menga taqiq qoʻya olmayapsizlar, men xohlagan joyimda ijro etish haq-huquqiga egaman. Shuning bilan birga, xohlagan odamimga otamning qoʻshiqlarini bir martalik ijro etish huquqini berishim mumkin. Men hozir sizlar taqiq qoʻydirgan “Uzavtor” tashkiloti huquqshunosi bilan gaplashdim. Men bergan savollarga aniq javob bera olmayapti.

Mana shunaqa videolar qilishga majbur qilyapsizlar. Sizlar mening onamni haqorat qildinglar, boshqa narsalar qildinglar, men hech qachon chiqish qilganim yoʻq sud tugaguncha. Bu mening birinchi chiqishim. Chunki bu begunoh bolalarning masalasi boʻlgani uchun shunday chiqish qilishga qaror qildim. Qilgan bloklaringni yechib qoʻyinglar, oʻzinglarning hurmatinglarni bilinglar, mening yoʻlimda turmanglar, deydi Botir Qodirov.

Shuningdek, Botir Qodirov “Uzavtor” nodavlat tashkiloti yuridik boʻlimi boshligʻi Abdusalom bilan gaplashgan. U marhum san'atkor Sherali Joʻraevning rafiqasi Gulnora Joʻraevaning arizasiga binoan YouTube'dagi videoni bloklagani haqida soʻzlab bergan.

Shohjahon Joʻraev ushbu murojaatga Instagram sahifasiga otasining qoʻshiqlarini faqat oʻgʻillarining kuylashiga ruxsat berishi haqida gapirgani aks etgan videosini joylash orqali munosabat bildirdi.

Videoda Sherali Joʻraev qoʻshiqlarini oʻzidek qilib aytmaganlardan qizgʻanishi haqida gapirib, qoʻshiqlarini aytish huquqini faqat oʻgʻillariga berishini aytib oʻtgan.

— "Janob hech kim, yaxshilab eshitvol, senga aytilgan bu gaplar! Sen tan olinmagansan! Tan olinmaysan ham! Joʻraevlar hech qachon yosh ijodkor bolalarga toʻsiq qoʻymagan va bolalarga hech qanday ariza qilmagan, yolgʻonlaringga javob berasan, inshaalloh”, deb yozdi Shohjahon Joʻraev.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat