Botir Qodirov klip suratga olayotganda kutilmagan holatga tushib qoldi (video)

Botir Qodirov klip suratga olayotganda kutilmagan holatga tushib qoldi (video)

Xonanda Botir Qodirov muxlislari uchun navbatdagi musiqiy yangiligini taqdim etdi. San’atkor 24 iyul kuni "Ey go‘zal" nomli yangi taronasini o‘zining YouTube kanalida e’lon qildi.

Mazkur qo‘shiqqa klip suratga olish jarayonida yuz bergan kulgili holatlardan biri ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Videoda Botir Qodirov ketma-ket taxlangan uchta ko‘rpacha ustida o‘tirib, musiqiy cholg‘u asbobini chalib qo‘shiq kuylayotgan paytda ko‘rpachalar sirg‘anib ketadi. Natijada xonanda muvozanatini yo‘qotib, yonida raqs tushayotgan raqqosa tomon yiqilib tushadi.

Mazkur lavha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bu holat klipni yanada qiziqarli qilish uchun ataylab sahnalashtirilganini taxmin qilayotgan bo‘lsa, boshqalar esa bunga noto‘g‘ri taxlangan ko‘rpachalar sabab bo‘lganini yozmoqda.

Qisqa fursatda tarqalgan ushbu video muxlislar orasida kulgili izohlar va turli taxminlarga sabab bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar