
Mashhur xonanda Manzura ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan yangi videosida Yulduz Usmonovaning qoʻshigʻiga raqsga tushib, muxlislariga iliq kayfiyat ulashdi. Uning xushnudlik va energiya bilan xirom aylashi tomoshabinlarda yozilmas taassurot qoldirdi.
Raqs va quvonch – yangi muhabbat ishorasimi?
Videodagi kadrlarda Manzura baquvvat kayfiyatda ekani, yuz ifodasidan hayotidan mamnunligi yaqqol seziladi. Koʻpchilik muxlislar bunga xonandaning hayotida kutilgan muhim oʻzgarish – turmushga chiqish rejasi sabab boʻlishi mumkin deb taxmin qilmoqda.
Menejeri unga gul va qoʻyoncha sovgʻa taqdim etdi

Shuningdek, 21 fevral kuni xonandaning tugʻilgan kuni munosabati bilan uning menejeri Murod Yoʻldoshev unga gul va qoʻyoncha sovgʻa qilgan. Ushbu holat aks etgan videoda Manzuraning beqiyos xursandchiligi yaqqol koʻringan edi.
Munosabat haqidagi mish-mishlar

Avvalroq Murod Yoʻldoshev Manzuraning qoʻlini soʻragan, biroq xonanda buni hazil deb qabul qilib, uni basseynga itarib yuborgan edi. Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻldi.
Muxlislar qanday fikrda?

Koʻplab muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning raqsini "energetika va pozitiv toʻla" deb baholashmoqda. Ular Manzuraga baxt va yangi muvaffaqiyatlar tilab, muhabbat borasidagi mish-mishlarga aniqlik kiritishni kutayotgani haqida izohlar qoldirmoqda.
Manzuraning soʻnggi chiqishi va raqslari uning muxlislari uchun quvonch ulashishda davom etayotganidan dalolat beradi. Uning shaxsiy hayoti borasidagi mish-mishlar aniqlikka ega boʻlmasa-da, xonandaning yangi muhabbat ila yashnayotgani haqida taxminlar ortib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar