Yulduz Usmonova: “Balki bu sening rizqing emasdir” (video)

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova oilada moddiy yukni ko‘taruvchi "parovoz" erkak ham, ayol ham bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
- Uning fikricha, ota-onalar farzandlariga birdek g‘amxo‘rlik qilib, ko‘proq daromad topgan bolaning hisobidan kamroq topgan bolasiga yordam beradi.
- Xonanda, shuningdek, inson hayotidagi mol-dunyo va rizq masalasiga to‘xtalib, dunyoda yig‘ilgan barcha boylik inson bilan birga ketmasligini aytib o‘tdi.
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli xonanda Yulduz Usmonova intervyularidan birida oiladagi moddiy mas’uliyat, ota-onaning farzandlariga munosabati va rizq haqida fikr bildirdi.
Xonandaning aytishicha, oilada odatda ro‘zg‘orni ko‘proq ta’minlaydigan bir kishi bo‘ladi. Uning fikricha, bu erkak ham, ayol ham bo‘lishi mumkin. Ota-ona esa farzandlaridan biri ko‘proq daromad topgan taqdirda ham, barcha bolalarini birdek ko‘rishga harakat qiladi.
“Men ham oldin onamdan xafa bo‘lardim. 'Ko‘zingni och, ona uchun hamma bola bir xil bo‘ladi. Pul topadiganidan olib, puli yo‘q farzandiga berar ekan. Bu shunaqa qonun ekan. 'Onam mendan olib, menga ilinmayapti, meni yaxshi ko‘rmayapti', deb o‘ylash kerak emas. Yo‘q, bolasiga ilinib turar ekan, baravar bo‘lsin deb”, — dedi Yulduz Usmonova.
Xonanda oiladagi asosiy moddiy yukni ko‘taradigan insonni “parovoz”ga qiyoslab, bu vazifa faqat erkakning zimmasida bo‘lishi shart emasligini ta’kidladi.
“Oilani, ro‘zg‘orni tortadigan parovoz bitta bo‘ladi uyda. Xoh erkak bo‘lsin, xoh xotin bo‘lsin. Ko‘proq erkaklar dod solib yuborishadi, xotinlari burab turganda. Xotinlar ham ovozini o‘chirib turishi kerak. Ko‘zingni och, seni ering topib turibdimi, balki sening rizqing emasdir”, — deya fikr bildirdi xonanda.
Yulduz Usmonova insonning hayotidagi mol-dunyo va rizq masalasiga ham to‘xtalib, dunyoda yig‘ilgan barcha boylik inson bilan birga ketmasligini ta’kidladi.
“Mushukning ham rizqi bo‘lar ekan. Unga ham rizq berar ekan. Aytilganki, kitobda: 'Sen dunyoni yig‘asan, yeganing seniki, qolgani qoladi'. Paypoq ham kiyib ketmaysiz. Yirtig‘i ham qoladi. O‘t qo‘yib yuborishadi, talon-taroj qilib yuborishadi”, — dedi u.
Xonandaning mazkur fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab kuzatuvchilar uning gaplarini qo‘llab-quvvatlaganini yozgan.






























Izohlar 0
…