Pushkin muzeyida asrlar davomida yo‘qolgan asar topildi

1 daqiqa o'qish406
Pushkin muzeyida asrlar davomida yo‘qolgan asar topildi

Pushkin davlat sanʼat muzeyida italiyalik mashhur rassom Jovanni Franchesko Barbyeri — Gercinoning “Madonna va bola” kartinasi ilk bor namoyish etildi. Asarni 2025 yil 14 sentabrgacha muzeyning bosh binosida ko‘rish mumkin.

“TASS” xabariga ko‘ra, tuvalning taqdiri qariyb bir asr davomida noma’lum bo‘lgan. Endilikda u “Pushkin muzeyining yangi durdonalari” loyihasi doirasida namoyish qilinmoqda. Muzey direktori Olga Galaktionovaning aytishicha, Gercinoning ushbu asari loyihaning dastlabki besh ko‘rgazmasini yakunlab, keyin asosiy ekspozitsiyaga o‘tkaziladi.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, avval rasm imperator Napoleonning rafiqasi Jozefinaga tegishli bo‘lgan. U uni antiqa buyumlar sotuvchisi Lyudoviko Variskodan sotib olgan. Keyinchalik asar qizi Hortensiyaga o‘tgan. 1820 yilda esa imperator Aleksandr I uni Ermitaj kolleksiyasi uchun Rossiyaga olib kelgan.

1924 yilda G‘arbiy Yevropa rasmlari Ermitajdan hozirgi Pushkin muzeyiga topshirilganida, Gercinoning asari muzeyga emas, balki Davlat muzey fondining markaziy omboriga yuborilgan. 1980 yillarda esa tuval rassom Ilya Glazunov qo‘lida bo‘lgan, keyinchalik qizi Vera Glazunova tomonidan muzeyga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda ingliz ayol 50 yildan ortiq vaqt davomida qo‘lida saqlagan XVI asrga oid Antonio Solarioning “Madonna va bola” asarini Italiya muzeyiga qaytarishga rozi bo‘lgandi.

Pushkin muzeyida asrlar davomida yo‘qolgan asar topildi

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?