Toshkentning bayramona afishasi: 27 avgust kuni qayerga borish mumkin? (Manzillar va vaqtlar)

Toshkentning bayramona afishasi: 27 avgust kuni qayerga borish mumkin? (Manzillar va vaqtlar)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 27 avgust kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida turli bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
  • Poytaxtning bir qator istirohat bog‘lari va ochiq maydonlarida soat 14:00 dan 18:30 gacha konsertlar, milliy o‘yinlar va hunarmandchilik yarmarkalari tashkil etiladi.
  • Bayram dasturlariga estrada va folklor ijrochilari, xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari hamda milliy sport musobaqalari kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining shonli 35 yillik to‘yi munosabati bilan poytaxtimiz bo‘ylab keng qamrovli bayram sayillari, tantanali konsert dasturlari va turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar start oldi.

27 avgust kuni Toshkent shahrining bir qator markaziy istirohat bog‘lari hamda ochiq maydonlarida aholi va shahrimiz mehmonlari uchun qiziqarli shou-dasturlar, milliy o‘yinlar va hunarmandchilik yarmarkalari tashkil etiladi.

Bayram tadbirlari manzillari va vaqti:

Shahar aholisi o‘zlariga qulay bo‘lgan quyidagi tuman va lokatsiyalarda bayram shukuhini his etishlari mumkin:

  • Yakkasaroy tumani: Pushkin maydoni — soat 18:00 da;

  • Sergeli tumani: Markaziy bog‘ — soat 18:00 da;

  • Uchtepa tumani: Tuman hokimligi oldidagi ochiq maydon — soat 18:30 da;

  • Olmazor tumani: «River Park» maydoni — soat 18:00 da;

  • Mirobod tumani: Furqat nomidagi istirohat bog‘i — soat 14:00 dan 22:00 gacha;

  • Chilonzor tumani: G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i — soat 14:00 da.

Bayram dasturidan nimalar o‘rin olgan?

Sayil maydonlariga tashrif buyuruvchilarni boy va rang-barang ko‘ngilochar dasturlar kutmoqda:

  • Estrada va folklor: Mashhur san’atkorlar, yosh ijrochilar va folklor jamoalarining jonli konsertlari;

  • Ko‘rgazmalar va kitob yarmarkalari: Xalq amaliy san’ati durdonalari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari hamda bayramona kitob savdosi;

  • Milliy sport musobaqalari: Muxlislar o‘rtasida o‘zbek milliy kurashi, shaxmat-shashka bellashuvlari hamda qiziqarli arqon tortish musobaqalari o‘tkaziladi.

Poytaxt bo‘ylab tashkil etilayotgan ushbu sayillar oilaviy hordiq chiqarish va Mustaqillik kayfiyatini baham ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar