Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Quldortepa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yangi tarixiy sirlarni ochmoqda. Arxeologlar bu yerda ilk o‘rta asrlarga oid ibodatxona qoldiqlarini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu topilmalar nafaqat mahalliy, balki butun mintaqaning tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qazilmalar jarayonida ibodatxonaning marosimlar xonasi, ustunli ayvon va yo‘lakli xonalar ko‘rinib chiqqan. Arxeologlar xona devorlarida hanuzgacha saqlanib qolgan bezaklar mavjudligini ta’kidlashmoqda. Devorlar oq fon ustiga qizil va qora ranglarda ishlangan geometrik naqshlar bilan bezatilgan bo‘lib, bu davr me’morchiligining noyob namunasi sifatida baholanmoqda.
Eng qiziqarli topilmalardan biri — uzunligi qariyb 4,75 metrga yetgan archa ustun. Shuningdek, tadqiqotchilar Xitoyning Xan sulolasi davrida ishlab chiqarilgan oyna va Sug‘d hukmdori Ukkurt Chamuk nomi bilan bog‘liq tangalarni ham topishdi. Bu topilmalar Quldortepaning o‘sha davrda savdo va madaniy aloqalar markazi sifatida muhim rol o‘ynaganini tasdiqlaydi.
Manbalarga ko‘ra, Quldortepa qadimdan rustoq markazi sifatida tilga olingan. Xitoy yozma manbalarida bu joy Mi yoki Mi-moxe nomi bilan qayd etilgan bo‘lsa, arab-fors adabiyotida Maymurg‘ nomi bilan mashhur bo‘lgan. Bu esa uning turli xalqlar sivilizatsiyasi bilan yaqin aloqada bo‘lganini ko‘rsatadi.
Quldortepa yodgorligida ilk o‘rta asrlar sirlari ochildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar