Andijonga xos milliy raqs san’ati xalqaro maydonda e’tirof etilmoqda. Viloyat turizm boshqarmasi va Yevropaning nufuzli telekanallaridan biri — Euronews, mashhur «Andijon polkasi» raqsini suratga olib, butun dunyo auditoriyasiga taqdim etishni rejalashtirgan.
Quvnoq ritmlari va xalqona ohanglari bilan ajralib turadigan «Andijon polkasi» asrlar davomida bayramlar va to‘y marosimlarining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda.
Ushbu tashabbus milliy raqslarimizni jahon sahnasida yanada keng targ‘ib etishga hamda Andijon madaniyatining boy tarixiy merosini xalqaro miqyosda tanitishga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar