Hojiboy Tojiboyevning kenja qizi Madina Tojiboyevadan quvonchli yangilik!

Hojiboy Tojiboyevning kenja qizi Madina Tojiboyevadan quvonchli yangilik keldi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali homilador ekanini ma’lum qildi.
Ma’lumki, Madina Tojiboyevaning bloger Islom ismli yigit bilan to‘yi bo‘lib o‘tgan edi. Endi esa yosh oila hayotida yanada quvonchli davr boshlandi. Madina videolavha orqali turmush o‘rtog‘i bilan farzand kutayotganini bildirdi.
U video ostida: “Alhamdulillah. Bugun nima sababdan ijoddan to‘xtab, instagramda kam ko‘ringanimiz sababini qo‘ygimiz keldi”, deya izoh qoldirdi. Bu xabar qisqa fursatda muxlislar e’tiborini tortdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va muxlislari Madina Tojiboyevaga iliq tilaklar bildirib, uni samimiy tabriklashdi. Ko‘pchilik yosh oilaga baxt, xotirjamlik va sog‘-salomat farzand tilamoqda.
