O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Gulchehra Sa’dullayeva 76 yoshni qarshi oldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Gulchehra Sa’dullayeva 12 aprel kuni 76 yoshni qarshi oldi. San’atkorning tavallud kuni yaqinlari va muxlislari tomonidan samimiy tabriklar hamda iliq tilaklar bilan nishonlandi.
Aktrisaning qizi Muqaddas Sa’dullayeva ijtimoiy tarmoqlarda onasi bilan bog‘liq videolarni bo‘lishib, bugungi kunni “shukrona kuni” sifatida ta’rifladi. U onasining sog‘-omon, baxtli va uzoq umr ko‘rishini tilab, muxlislardan yo‘llangan tabriklarni o‘qib berishini ham ma’lum qildi.
Tug‘ilgan kun munosabati bilan Gulchehra Sa’dullayevani yaqinlari kutilmagan sovg‘alar bilan tabrikladi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa muxlislar aktrisaga sog‘lik, baxt va ijodiy baraka tilab, samimiy izohlar qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing