Zarina Yo‘ldosheva onasiga bergan va’dasini ochiqladi

1 daqiqa o'qish8.6K
Zarina Yo‘ldosheva onasiga bergan va’dasini ochiqladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva “Navo” telekanalining “Mehmonda” ko‘rsatuvida marhum onasiga bergan va’dasi tufayli ukalari va singlisini oyoqqa turg‘izib, uyli-joyli qilishni o‘z baxtidan ustun qo‘yganini ma’lum qildi.
  • Suhbat davomida u o‘zini bloger emas, avvalo san’atkor sifatida ko‘rishlarini istashini va reklama orqali qo‘lga kiritgan eng katta boyligi uy bo‘lganini ta’kidladi.

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva “Navo” telekanalida namoyish etilgan “Mehmonda” ko‘rsatuvida shaxsiy hayoti, ijodiy faoliyati va oilasi bilan bog‘liq ta’sirli xotiralari haqida gapirdi. Suhbat davomida u nega hanuz turmush qurmagani, onasiga bergan va’dasi hamda reklama orqali qo‘lga kiritgan katta yutug‘i haqida ochiqchasiga so‘zlab berdi.

Aktrisaning aytishicha, u o‘zini bloger emas, avvalo san’atkor sifatida ko‘rishlarini istaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lsa-da, uning asosiy maqsadi aktrisalik faoliyati orqali muxlislar mehrini qozonish bo‘lgan.

— Ko‘pchilik meni bloger sifatida qabul qiladi. Lekin men bunday atalishini unchalik yoqtirmayman. Men uchun eng muhimi — aktrisa sifatida tanilishim, deydi Zarina Yo‘ldosheva.

Uning ta’kidlashicha, Instagram’dagi kuzatuvchilari soni ortishi ortidan turli reklamaviy takliflar kela boshlagan. Ayniqsa, “Nomus” seriali ommalashgach, aktrisaga yirik loyihalardan takliflar ko‘paygan.

Zarina Yo‘ldosheva onasiga bergan va’dasini ochiqladi

— Reklama orqali qo‘lga kiritgan eng katta boyligim — uy bo‘lgan. Bir qurilish kompaniyasi meni loyiha yuzi sifatida tanladi va evaziga keng xonadon taqdim qildi. Pul tez sarflanadi, lekin uy inson bilan qoladi, deydi u.

Suhbat davomida aktrisa shaxsiy hayoti haqida ham to‘xtalib, oila qurish masalasiga jiddiy yondashishini aytdi. Uning fikricha, inson turmush qurishdan oldin tanlagan insonini chin dildan yaxshi ko‘rishi va uning kamchiliklarini ham qabul qila olishi kerak.

Zarina Yo‘ldosheva onasiga bergan va’dasini ochiqladi

Eng ta’sirli jihatlardan biri esa aktrisaning marhum onasiga bergan va’dasi bo‘ldi. Zarinaning aytishicha, u ukalari va singlisi uchun o‘z baxtini orqaga surgan.

— Onam hayotlik paytida ukam va singlimga qarashga ko‘p yordamlashardim. Ularga ham ona, ham opa bo‘lishga harakat qilganman. Shuning uchun avval ularni oyoqqa turg‘izib, uyli-joyli qilishni maqsad qildim. Onamga ham shu haqda so‘z berganman, deydi aktrisa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto yaqinlari “avval sen turmush qur” deb ko‘p marta maslahat bergan. Ammo Zarina Yo‘ldosheva o‘z qaroridan qaytmaganini va avval oila a’zolarining kelajagini ta’minlashni ustuvor deb bilganini ta’kidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?