date

Zarina Yo‘ldosheva Instagram orqali qanday qilib uyli bo‘ldi?

Zarina Yo‘ldosheva Instagram orqali qanday qilib uyli bo‘ldi?
Foto: Yandex

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva “Navo mehmonda” loyihasidagi suhbat davomida Instagram orqali kelgan takliflar haqida samimiy fikr bildirdi.

Unga suhbat chog‘ida: “Instagram orqali tushgan takliflar ichida eng kattasi va eng qimmati qaysi bo‘lgan?” degan savol berildi. Aktrisa esa o‘ylab o‘tirmay, darhol javob qaytardi.

Yo‘ldoshevaning aytishicha, avvallari boshqa blogerlar turli uy kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotganini ko‘rib, ich-ichidan biroz ranjigan:

“Ko‘pchilik blogerlar uy kompaniyalari bilan shartnoma tuzishsa, men ham ‘nega meni chaqirishmaydi?’ deb o‘ylardim. O‘sha paytlarda Instagram sahifam ham unchalik rivojlanmagan edi,” — deydi u.

Aktrisa vaziyat “Nomus” seriali namoyish etilgach keskin o‘zgarganini ta’kidladi. Serial yakunida aktyorlar ismi bilan birga ularning Instagram sahifalari ham ko‘rsatilgan va bu katta qiziqish uyg‘otgan:

“Nomus serialimiz juda mashhur bo‘lib ketdi, tomoshabinlar soni keskin oshdi. Shundan keyin Instagram sahifam ham tez sur’atlarda o‘sdi,” — deya eslaydi aktrisa.

Shundan so‘ng unga uy qurilish kompaniyalaridan biri ambassadorlik taklifi bilan chiqqan. Hamkorlik natijasida aktrisaga keng, katta kvadratli uy taqdim etilgan:

“Men ambassador bo‘ldim va menga katta uy berishdi. Bu men uchun eng katta sovg‘a bo‘ldi. Ko'p pullar ham olganman, lekin pul tez sarflanadi. Uy esa o‘zingda qoladi,” — deya fikrini yakunladi Yo‘ldosheva.

Aktrisaning ushbu ochiq va samimiy javobi ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zarina Yo‘ldosheva Instagram orqali qanday qilib uyli bo‘ldi?