Zuhra Soliyeva: Sevimli san’atkorimdan o‘zim chipta so‘rayman

Aktrisa Zuhra Soliyeva “24/7 Podcast” dasturida shou-biznesdagi munosabatlar hamda konsertlarga borish tajribasi xususida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar o‘zi sevgan san’atkorlarning konsertiga taklif bo‘lmasa ham, chipta so‘rashdan aslo uyalmaydi. Jumladan, G‘aybulla Tursunovning konsertiga o‘zi murojaat qilgani va ijodkor darhol unga chipta taqdim etganini esladi.
Aktrisa Zuhra Soliyeva “24/7 Podcast” dasturida mehmon bo‘lib, shou-biznesdagi munosabatlar va konsertlarga borish tajribasi haqida ochiq fikr bildirdi.
Uning aytishicha, ayrim yaxshi ko‘rgan san’atkorlari va jamoalarining konsertlariga hatto taklif bo‘lmasa ham, o‘zi murojaat qilib chipta so‘rashdan uyalmaydi.
“Shou-biznes vakillari to‘y yoki konsert qilsa, ko‘pincha mashhur yulduzlarni taklif qilishadi, meni esa ba’zan chaqirishmaydi. Masalan, men 'Dizayn' va 'Million' jamoalarining konsertlariga borishni xohlayman, lekin taklif qilishmaydi. Bunga xafa bo‘lmayman,” — deydi aktrisa.
U shuningdek, Farhod Saidov, Bunyod Saidov va Dilmurod Sultonov kabi ijodkorlar uni shaxsan taklif qilishini ham alohida ta’kidladi.
Aktrisaning aytishicha, u yaxshi ko‘rgan ijodkorining konsertini bilib qolsa, o‘zi ham “konsertingizga boray” deb bemalol murojaat qiladi.
“G‘aybulla Tursunov endi ijod boshlagan paytlari qo‘shiqlarini yaxshi ko‘rardim. U qisqa vaqtda konsert ham berdi. Meni chaqirishar deb kutdim, lekin bo‘lmadi. Keyin o‘zim yozdim, u esa darhol qo‘ng‘iroq qilib, sizga chipta beraman dedi. Bordim va juda mazza qildim. Men uchun haqiqiy konsert o‘sha bo‘lgan,” — deya so‘zlarini yakunladi aktrisa.






























Izohlar 0
…