Ra’no Ahmadjonova G‘aybulla Tursunov klipida yoshi kattaroq ko‘rsatilgani sababini aytdi (video)

Ra’no Ahmadjonova G‘aybulla Tursunov klipida yoshi kattaroq ko‘rsatilgani sababini aytdi (video)

Aktrisa Ra’no Ahmadjonova “Omon-omon” ko‘rsatuvida xonanda G‘aybulla Tursunovning “Xastamanu” taronasiga ishlangan klipda nega yoshi nisbatan kattaroq ko‘rsatilgani haqida gapirdi.

Boshlovchi aktrisadan aynan ushbu klipda odatdagidan biroz kattaroq ko‘ringanining sababini so‘radi.

“Bu klipda mening partnyorim Muhammad Ali aka. U kishining yoshi mendan katta bo‘lgani uchun ularning yonida ancha yosh qiz bo‘lib qoldim. Lekin aynan shu klipda men rol ijro etishim kerak bo‘lgani uchun va rejissyorlarning o‘zlari shunday taklif qilishgani sabab yoshimni biroz kattaroq ko‘rsatish uchun menga shunday makiyaj qilindi”, — dedi Ra’no Ahmadjonova.

Aktrisa, shuningdek, san’at sohasini tanlashida oilasida katta qarshiliklarga duch kelganini ham ma’lum qildi.

“Bu sohaga kirishimda juda katta qarshiliklar bo‘lgan. Dadam meni yurist qilmoqchi bo‘lganlar, prokuror bo‘lasan, deganlar. Chunki men oilada yagona qizman. Lekin dodajonim meni qo‘llab-quvvatlaganlar. O‘zlari ham shu kasbni yaxshi ko‘rganlari uchun menga yordam berib, 'Yo‘q, tanlaydi, hali yuzimni yorug‘ qiladi', deb ishonch bildirganlar.

Dadamning qarshiliklari esa ko‘proq oilam, keyinchalik turmushga chiqishim bilan bog‘liq edi. Chunki san’at sohasini hamma ham tushunmaydi, bu sohani faqat uning ichidagilar tushunadi, deganlar.

Men yoshligimdan niyat qilganman. O‘zimni qanday bo‘lsam, shu Ra’noligimcha qabul qiladigan insonni kutaman”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar