Jasmin va G‘aybulla Tursunovning yangi duetidan parcha muxlislar diqqatida! (video)

Jasmin va G‘aybulla Tursunovning yangi duetidan parcha muxlislar diqqatida! (video)

Xonanda Jasmin va G‘aybulla Tursunov muxlislariga “Keraksan” nomli yangi duetni taqdim etishga tayyorlanmoqda. Ijodkorlar ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shiqdan qisqa parchani ulashib, bo‘lajak premera haqida ma’lumot berdi.

“Ba’zan bitta so‘z hammasini aytadi — Keraksan", — deya izoh qoldirdi ijodkorlar.

Ma’lum qilinishicha, Jasmin va G‘aybulla Tursunov SAYRO sahnasida ilk bor duet kuylaydi. Qo‘shiq uchun tayyorlangan lavhalarda pushti osmon ostidagi ikki qayiq va bir-biriga intilayotgan ikki ovoz tasvirlangan. Bu esa yangi taronaga o‘zgacha ruh bag‘ishlamoqda.

“Keraksan” qo‘shig‘ining premerasi 27-oktyabr kuni soat 19:00 ga belgilangan.

Ayni paytda muxlislar yangi duetni intiqlik bilan kutmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda kuzatuvchilar qo‘shiqdan umidlari katta ekanini bildirib, ikki xonandaning hamkorligi qanday yangrashiga qiziqish bildirishmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar