“Via Marokand” guruhi a’zosi sahnada mikrofonni teskari ushlab qo‘shiq kuylagani barchani ajablantirdi

“Via Marokand” guruhi a’zosi sahnada mikrofonni teskari ushlab qo‘shiq kuylagani barchani ajablantirdi
Qisqacha

“Via Marokand” guruhi a’zosi Rashid ishtirok etgan ko‘rsatuvlardan birida sahnada mikrofonni teskari ushlab qo‘shiq kuylagani barchani ajablantirdi. Sahnadagi sherigi Aziza vaziyatni sezib, xonandaga ishora orqali buni bildirishga harakat qildi. Rashid videoga hazilomuz izoh qoldirib, dunyo bo‘yicha mikrofonni teskari ushlagan ikkinchi odam o‘zi ekanini yozdi. Mazkur kulgili holat aks etgan video muxlislar tomonidan iliq kutib olindi va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Via Marokand” guruhi a’zosi Rashid ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida muxlislarini kuldirgan videoni ulashdi. Unda xonanda ishtirok etgan ko‘rsatuvlardan birida yuz bergan qiziqarli holat aks etgan.

Videoda guruh a’zolari qo‘shiq ijro etayotgan paytda Rashid mikrofonni teskari ushlab olgani ko‘rinadi. Uning sahnadagi sherigi Aziza esa vaziyatni sezib, xonandaga ishora orqali buni bildirishga harakat qiladi.

Rashid videoga hazilomuz izoh ham qoldirgan. “Dunyo bo‘yicha mikrofonni teskari ushlagan ikkinchi odam men bo‘lsam kerak”, deb yozgan san’atkor.

Mazkur lavha muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘pchilik holatni kulgili deb baholab, guruh a’zolariga omad va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.

Video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar