Madina Muxtorova "Shum bola" roliga qanday tanlanganini aytib berdi

Aktrisa Madina Muxtorova intervyularidan birida "Shum bola" roliga qanday tanlangani tafsilotlarini o'rtoqlashdi. U bolaligida ko'proq o'g'il bolalar bilan o'ynagani va ular bilan birga kichik tomoshalar tashkil qilib, o'sha paytlarda Shum bola obrazini ijro etganini esladi. Keyinchalik bu chiqishlarni ko'rib qolgan o'qituvchilar uni maktab sahnasiga olib chiqishgan va u teatrlarda ham o'ynay boshlagan.
Aktrisa Madina Muxtorova intervyularidan birida "Shum bola" roliga qanday tanlangani haqida so‘zlab bergan. Uning aytishicha, bolaligida ko‘proq o‘g‘il bolalar bilan o‘ynagan, qizlar bilan unchalik qo‘shilmagan.
Aktrisa lagerlarda ham, hovlilarda ham bolalar bilan kichik tomoshalar tashkil qilganini eslaydi. Ular joy tayyorlab, tomoshabinlarni chaqirishgan, hatto bilet sotishgan. Madina Muxtorova o‘sha paytlarda Shum bola obrazini o‘ynagan, yoniga esa Omon rolini bajaradigan bolani olib sahna ko‘rinishlari qilgan.
Keyin buni o‘qituvchilar ko‘rib qolishgan va uni maktab sahnasiga olib chiqishgan. Shu tariqa u teatrlarda ham o‘ynay boshlagan, ammo bu haqda hammaga aytib yurmagan.
Madina Muxtorovaning so‘zlariga ko‘ra, bir kuni Sergey Kapriyevelev repetitsiya jarayonida hammani yig‘gan. Uni ham chaqirishgan va "Sen Shum bolani o‘ynaysan", deyishgan. Aktrisa bu gapni eshitib hayron qolganini aytadi. Shundan keyin unga qo‘liga matn berilgan.































Izohlar 0
…