Otabek Madrahimovning onasi o‘g‘lining 18 yoshida uylangani haqida gapirdi (video)

Otabek Madrahimovning onasi o‘g‘lining 18 yoshida uylangani haqida gapirdi (video)

Taniqli xonanda va aktyor Otabek Madrahimov 18 yoshida oila qurgan. Bugun 51 yoshli san’atkorning to‘rt nafar nabirasi bor. Bu haqda uning onasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Madrahimova intervyularidan birida so‘zlab berdi.

Ziyoda Madrahimovaning aytishicha, o‘g‘lining erta uylangani va qisqa vaqt ichida oila qurish haqida qaror qabul qilgani ko‘pchilikni hayratda qoldirgan.

“Endi kechirasizlar, to‘rtta nabirasi bor. Bunga sabab — o‘g‘limning 18 yoshida uylangani. Bu ham alohida tarix. Chunki hamma hayron qolgan. Qizlardan telefonlar, xatlar kelardi. Bir kuni kelib, 'Uylanaman', dedi. 'Jinni-pinni bo‘lib qolmadingmi?' dedim”, — deya eslaydi san’atkorning onasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Otabek Madrahimovning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i boshqa qizlardan o‘zining g‘ururi va o‘zini tutishi bilan ajralib turgan. Atrofida ko‘plab qizlar bo‘lishiga qaramay, xonanda aynan unga ko‘ngil qo‘ygan.

“Qizlarning hammasi atrofida yurardi. Lekin bir qiz haddan tashqari g‘ururli edi: gapirsa ham qaramas, teskari qarab ketardi. Aynan shu qiz nasib qilgan ekan, kelin bo‘ldi”, — dedi Ziyoda Madrahimova.

San’atkorning ta’kidlashicha, hozir oilada to‘rt nafar nabira voyaga yetmoqda. Otabek Madrahimovning 18 yoshida uylangani esa yaqinlari uchun hamon esda qolarli voqea bo‘lib qolgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar