Otabek Madrahimov sahnada hayajonlandi: xonanda ko‘z yoshlarini tiyolmadi

Taniqli xonanda va aktyor Otabek Madrahimov 35 yillik ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan musiqiy kechada hayajonini yashira olmadi. San’atkor uzoq kutilgan ushbu kun unga osonlik bilan yetib kelmaganini ko‘zida yosh bilan so‘zlab berdi.
Ijodiy kecha davomida xonanda o‘zini qo‘llab-quvvatlagan insonlarga samimiy minnatdorlik bildirdi. U konsert tashkilotchilari, hamkasblari, shogirdlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga alohida rahmat aytdi.
“Hamkasblarim, ukalarim, shogirdlarim, barcha jurnalistlar va matbuot vakillariga katta-katta rahmat! Bugun kelgan, meni qo‘llab-quvvatlagan hammaga rahmat”, — dedi Otabek Madrahimov hayajon bilan.
San’atkorning ko‘z yoshlarini yashira olmagani va samimiy minnatdorligi ijodiy kechaning ta’sirli lahzalaridan biriga aylandi.































Izohlar 0
…