Feruza Normatovaga nisbatan haqorat qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentlik bloger Feruza Normatovaga nisbatan haqorat qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Mirobod tumanida yashovchi qiz ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bloger uning suratidan ruxsatsiz foydalanganini ma’lum qilgan.
Aniqlanishicha, Feruza Normatova o‘zi tanimaydigan qizga tegishli suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirib, uni turmush o‘rtog‘i bilan munosabatda bo‘lishda ayblagan va haqoratli fikrlar bildirgan.
Jabrlanuvchining aytishicha, ushbu video 24 soat ichida 4 milliondan ortiq marta ko‘rilgan. Keyinchalik rolik boshqa foydalanuvchilar tomonidan ham tarqatilgan.
Holat yuzasidan Feruza Normatovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…