Feruza Yusupova turmush o‘rtog‘i bilan to‘yining ikki yilligini nishonladi (video)
1 daqiqa o'qish1

Aktrisa Feruza Yusupova kuzatuvchilari bilan quvonchli xabarni bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bugun uning turmush o‘rtog‘i bilan oila qurganiga ikki yil to‘ldi.
Aktrisa bu haqda Instagram sahifasida ma’lum qildi. U qizchasi Shamsiya bilan bir xil libosda turmush o‘rtog‘ini kutib olib, unga kelinsalom qildi. Ushbu samimiy lahzalar aks etgan videoni sahifasiga joylagan Feruza Yusupova izohda shunday yozdi:
«Bugun bizning to‘yimizga ikki yil bo‘ldi. Barcha ikki birlashgan qalblar doimo birga baxtli bo‘lsin».
Aktrisaning kuzatuvchilari ham uni ushbu quvonchli sana bilan tabriklab, oilasiga baxt va xotirjamlik tilamoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…