Bishkekdagi konsertda Shakiraning ko‘zoynagini ilib olgan qiz uni qimmat narxga sotmoqchi!

Bishkekdagi konsertda Shakiraning ko‘zoynagini ilib olgan qiz uni qimmat narxga sotmoqchi!

18-oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi “Bishkek Arena” stadionida kolumbiyalik mashhur xonanda Shakiraning konserti bo‘lib o‘tdi. Uning Markaziy Osiyodagi ilk konsertiga 33 mamlakatdan muxlislar tashrif buyurdi.

Konsert davomida xonanda tomoshabinlar bilan faol muloqot qildi, o‘zining mashhur xitlarini ijro etdi va bir necha bor sahnadan muxlislar tomon yaqinlashdi. Shoyu davomida Shakira kamida 13 marta libosini almashtirgani ham e’tiborni tortdi.

Konsertning esda qolarli lahzalaridan biri xonandaning ko‘zoynagini tomoshabinlar tomon uloqtirgani bo‘ldi. Aksessuarni ilib olishga muvaffaq bo‘lgan qiz esa endi uning yordamida katta daromad topishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning ko‘zoynagini ilib olgan qiz uni 20 ming dollarga sotmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, Shakiraning oddiy aksessuari muxlislar uchun qimmatbaho esdalikka aylanishi mumkin.

Hozircha ko‘zoynak haqiqatan ham ushbu narxda sotuvga qo‘yilgani yoki xaridor topilgani haqida aniq ma’lumot mavjud emas.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar