Ahror Qo‘shmatovdan quvonarli xabar — u tik turib, yurishga harakat qilmoqda (video)

Ahror Qo‘shmatovdan quvonarli xabar — u tik turib, yurishga harakat qilmoqda (video)

Teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning sog‘lig‘i ancha yaxshilanayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Kadrlarda u maxsus tayanch moslamasi yordamida tik turgani va oyoqqa turib, yurishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.

Ahror Qo‘shmatov o‘zining tiklanish jarayoni haqida gapirar ekan, unga yordam berayotgan shifokorlarga hamda shu kunlarda uning sog‘ayib ketishini tilab, duo qilib turgan xalqimizga minnatdorlik bildirdi.

Teleboshlovchining ta’kidlashicha, bir oy davomida davolanish va tiklanish jarayonida yaxshi natijalarga erishilgan. U yana biroz vaqtdan so‘ng sog‘lig‘i yanada yaxshilanib, xalq xizmatida bo‘lishga umid qilmoqda.

Ahror Qo‘shmatovning oyoqqa turib, mustaqil harakatlanishga intilayotgani uning muxlislariga umid bag‘ishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda unga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, ko‘plab iliq fikrlar bildirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar