Ahrorbek Qo‘shmatov shifoxonada — uning ahvoli qanday? (video)

Aktyor va rejissyor Ahrorbek Qo‘shmatovning shifoxonada davolanayotgani va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi.
Bloger Dilmurod Karimov aktyor holidan xabar olish uchun uning yoniga borib, suhbatlashdi. Uchrashuv aks etgan videoni o‘z sahifasiga joylagan bloger Ahrorbek Qo‘shmatov ayni paytda xalq ko‘magiga muhtoj ekanini ta’kidladi.
Dilmurod Karimovning aytishicha, aktyorning oyoqlarida yiring to‘planishi sababli ularni teshib, yiringni chiqarish muolajalari amalga oshirilmoqda. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, mazkur jarayon bir necha oy davom etishi mumkin.
Ahrorbek Qo‘shmatov esa davolanish jarayoni juda og‘riqli va og‘ir kechayotganini aytdi. Aktyor ruhiy jihatdan ham qiyin holatda ekanini ta’kidlab, tezroq sog‘ayib, hayotini boshqacha davom ettirishni istayotganini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga foydalanuvchilar ham befarq qolmagan. Ko‘plab kuzatuvchilar aktyorga ezgu tilaklar bildirib, tezroq sog‘ayib ketishini tilamoqda.






























Izohlar 0
…