Ahror Qo‘shmatovga qanday tashxis qo‘yildi va u qanday operatsiyani boshdan kechirdi?

Teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatov Toshkent davlat tibbiyot universitetida davolanmoqda. Shifokor ma’lumotiga ko‘ra, unga o‘ng oyog‘i va boldir sohasidagi yiringli yallig‘lanish — flegmona tashxisi qo‘yilgan. Bemor avvaldan qandli diabet bilan ham kasallangan.
Shifokorning aytishicha, Ahror Qo‘shmatov 21-sentabrdan buyon shifoxonada davolanmoqda. Unda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, yiringli o‘choqlar davolangan.
Hozirda teleboshlovchining ahvoli qoniqarli, sog‘lig‘i esa kundan-kunga yaxshilanib bormoqda.
U Toshkent davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli yiringli kasalliklar va jarohatlar oqibatlarini davolash bo‘limida davolanmoqda. Bemorning yaqinlari bilan muloqot qilishi uchun ham sharoit yaratilgan: ular maxsus ajratilgan xonada videomurojaat orqali suhbatlashishlari mumkin.
Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, hozircha bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarib bormoqda.































Izohlar 0
…