Dipika Padukone va Ranvir Singhdan kutilmagan yangilik: ularning oilasida yana bir qizaloq dunyoga keldi!

Dipika Padukone va Ranvir Singhdan kutilmagan yangilik: ularning oilasida yana bir qizaloq dunyoga keldi!

Hind kinosining mashhur juftligi Dipika Padukone va Ranvir Singh oilasida katta quvonch! Aktrisa ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. Shu tariqa ularning kichik qizi Dua endi katta opaga aylandi.

Quvonchli xabarni Dipika Padukonening o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi. U chaqaloq tug‘ilganini bildiruvchi suratni joylashtirib, unda:

"Welcome baby girl! 09.09.2026"deya yozgan.

Oq fonda oltin rangda "Welcome Baby Girl!" yozuvi va 19|9|2026 sanasi tasvirlangan.

Shu qisqa, ammo quvonchga to‘la xabar ortidan muxlislar va yaqinlaridan minglab tabriklar yog‘ila boshlagan.

Dipika va Ranvirning ikkinchi farzandi ham qiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Endilikda ularning oilasida yana bir kichkina malika paydo bo‘ldi. Muxlislar esa mashhur juftlikning quvonchli xabarini iliq tilaklar bilan qarshi olmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar