Quvonchli xabar: aktrisa Farida Temirova uchinchi bor yana ona bo‘ldi!

Aktrisa Farida Temirova oilasida quvonchli voqea yuz berdi. San’atkor 25 oktyabr kuni uchinchi farzandini dunyoga keltirganini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Aktrisaning bu safar o‘g‘il farzandi tug‘ildi. U chaqaloqqa Umar deb ism qo‘yganini bildirib, oilasi yana bir kishiga ko‘payganidan xursandligini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Farida Temirova sahifasida chaqalog‘i bilan tushgan suratini joylab, “Mana, oilamiz yana bittaga ko‘paydi. Oilamizga xush kelibsan, Umar! Hammaga shunaqa baxt nasib qilsin”, deya izoh qoldirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning bundan avval bir o‘g‘il va bir qiz farzandi bor edi. Umar uning uchinchi farzandi bo‘ldi.
Muxlislar va kuzatuvchilar aktrisani ushbu quvonchli voqea bilan samimiy tabriklab, ona va chaqaloqqa mustahkam sog‘liq tilashmoqda.































Izohlar 0
…