Amira Rashidovaning xonadonida katta shodiyona: qizi Samira turmushga chiqmoqda (video)

Amira Rashidovaning xonadonida katta shodiyona: qizi Samira turmushga chiqmoqda (video)

Taniqli jurnalist Amira Rashidovaning xonadonida quvonchli kunlar! Jurnalistning yagona qizi Samira turmushga chiqmoqda.

Bu haqda Amira Rashidova o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. U sahifasiga qizining 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan fotixa to‘yiga oid surat va videolarni joylab, xonadonidagi shodiyonani muxlislari bilan bo‘lishdi.

Samiraning yangi hayot ostonasidagi quvonchli kunlari yaqinlashar ekan, yaqinlari va oila a’zolari ham bu baxtli lahzalarga sherik bo‘lmoqda.

Tahririyatimiz nomidan Samira va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga oilaviy baxt, mustahkam sog‘lik, mehr-muhabbat va farovon hayot tilaymiz.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar