Shohjahon Jo‘rayev pul qistirmoqchi bo‘lgan to‘y mehmoniga keskin javob qaytardi

Xonanda Shohjahon Jo‘rayevning to‘ylardan birida o‘ziga pul qistirmoqchi bo‘lgan erkakka munosabat bildirgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Videoda xonanda to‘y xizmatida qo‘shiq kuylayotgan paytda mast holatda bo‘lgan bir erkak uning oldiga kelib, pul bermoqchi bo‘ladi. Shohjahon Jo‘rayev bir necha bor «Yo‘q, yo‘q» deb rad etishiga qaramay, erkak urinishda davom etadi. Shundan so‘ng xonanda uni qo‘li bilan chetga suradi.
Voqea ortidan qo‘shiq aytishni to‘xtatgan Shohjahon Jo‘rayev erkakning xatti-harakatidan noroziligini ochiq bildiradi.
«Ey, aka, hurmatingizni biling. Besh ming so‘m qistirib, xohlagan ishimni qilaman, demang. Kerak bo‘lsa, ustingizdan sochaman. Ichib olib, bunaqa qilmaydi odam. Men sizning besh ming so‘mingizga ashula aytgani kelganim yo‘q. O‘zingizni bosib oling. Ko‘tara olsangiz iching», — deydi xonanda.
Video ostidagi izohlarda foydalanuvchilarning fikrlari ikkiga bo‘lingan. Ayrimlar xonandaning o‘z chegarasini himoya qilganini ma’qullagan bo‘lsa, boshqalar yoshi katta insonga nisbatan bunday munosabat bildirish to‘g‘ri emasligini yozmoqda.
Siz Shohjahon Jo‘rayevning o‘rnida bo‘lganingizda qanday yo‘l tutardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…