“Volida Sulton” 82 yoshida yana ekranlarga qaytmoqda

“Volida Sulton” 82 yoshida yana ekranlarga qaytmoqda

O‘zbekistonlik tomoshabinlarga “Muhtasham yuz yil” serialidagi Volida Sulton obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan Nebahat Chehre uzoq tanaffusdan so‘ng yana ijodga qaytmoqda.

Aktrisa 2021 yilda pandemiya davrida faoliyatiga tanaffus bergan edi. Oradan qariyb besh yil o‘tib, u 2026 yil kuzida premyerasi kutilayotgan "Bizda to‘y bor" nomli yangi ko‘p qismli serialda suratga tushishga rozilik berdi.

Yangi loyihada Nebahat Chehre Feryal ismli sirli va murakkab xarakterga ega qahramon obrazini gavdalantiradi. Ijodkorlarning ta’kidlashicha, ushbu personaj voqealar rivojida muhim o‘rin tutadi va tomoshabinlarni kutilmagan burilishlar kutmoqda.

Serial turk kino ixlosmandlari orasida eng kutilayotgan loyihalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Unda Eda Edje, Shevval Sam, Bugra Gyulsoy, Enis Arikan kabi mashhur aktyorlar ham rol ijro etadi.

Hozircha serial syujeti sir saqlanmoqda. Ma’lum qilinishicha, suratga olish ishlari iyul oyi oxirida boshlanadi, ilk qismlar esa 2026 yil sentyabr oyida tomoshabinlarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar