Xonanda Dilfuza Ismoilova o‘g‘illariga qo‘ygan qat’iy shartlarini oshkor qildi

1 daqiqa o'qish2
Xonanda Dilfuza Ismoilova o‘g‘illariga qo‘ygan qat’iy shartlarini oshkor qildi

“O‘zbekning sho‘x qizi” nomi bilan tanilgan xonanda Dilfuza Ismoilova YouTube loyihalaridan biriga bergan intervyusida farzand tarbiyasi, erkak kishining mas’uliyati va oiladagi sadoqat borasidagi qat’iy qarashlarini bildirdi.

San’atkorning ta’kidlashicha, u farzandlari xato qilganida ularni shunchaki o‘z bolasi bo‘lgani uchun himoya qilmaydi. Ayniqsa, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni aslo kechirmasligini o‘g‘illariga yoshligidan tushuntirib kelgan.

“Erkak kishi bo‘lsang, eng kuchli sportchilar bilan bellash. Ammo xotin kishiga qo‘l ko‘targan odam men uchun erkak emas, deb uqtirganman. O‘g‘lim aybdor bo‘lsa ham, 'bolam-ku' deb uning yonini olmayman. Farzandlarim mening bu fe’l-atvorimni yaxshi bilishadi”, — deydi xonanda.

Dilfuza Ismoilova halollik va sadoqat masalasida ham murosaga bormasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar o‘g‘illaridan biri harom yo‘lga kirgani yoki xiyonat qilganini bilib qolsa, uni oqlamaydi, hatto farzandi sifatida qabul qilishdan ham voz kechishi mumkin.

Xonanda bunday qarashlari bejiz emasligini, o‘zi ham bir vaqtlar turmush o‘rtog‘ining xiyonati sababli ajrashganini ta’kidladi. Uning fikricha, oilada eng muhim qadriyat — halollik va o‘zaro hurmat.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?