Merem Uzerli “Muhtasham yuz yil”ni tomosha qilayotgan qo‘shnisiga syurpriz qildi (video)

1 daqiqa o'qish213
Merem Uzerli “Muhtasham yuz yil”ni tomosha qilayotgan qo‘shnisiga syurpriz qildi (video)

“Muhtasham yuz yil” serialida Hurram Sulton obrazini gavdalantirgan Merem Uzerli mehmonxonada qo‘shni xonada serialni tomosha qilayotgan odamga kutilmagan syurpriz qildi. Bu haqda Habertürk xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa Istanbuldagi Chirag‘an saroyida mehmon bo‘lib turgan vaqtida yon xonadan tanish ovozlar kelayotganini payqagan. U ovozlardan qo‘shnisi o‘zi bosh rolni ijro etgan “Muhtasham yuz yil” serialini tomosha qilayotganini anglagan.

Uzerli bu holatni telefon kamerasiga yozib olib, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qo‘shnisi serialni tomosha qilayotganini aytgan. Shundan so‘ng u bir muddat o‘ylanib, qo‘shnisining eshigini taqillatishga qaror qilgan.

Eshik ochilgach, Uzerli “Muhtasham yuz yil”ni tomosha qilayotganini payqaganini aytib, o‘zini tanishtirgan. Qarshisida serialdagi Hurram Sulton obrazini ijro etgan aktrisani ko‘rgan mehmon esa hayratini yashira olmagan.

Uzerlining ushbu videosi ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otdi. Aktrisa 2011–2014 yillarda namoyish etilgan “Muhtasham yuz yil” serialidagi Hurram Sulton roli orqali xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?