150 mln so‘mlik kredit uchun qimmatbaho telefon olgan hokim yordamchisi aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida hokim yordamchisi kredit ajratilishida ko‘maklashish evaziga qimmatbaho telefonni noqonuniy ravishda olganlikda gumonlanmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga ko‘ra, “Qo‘rg‘oncha” mahallasida faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi fuqaroga tijorat banklaridan biri orqali 150 million so‘m kredit rasmiylashtirib berishga yordam berishini bildirgan. Bunda u bankdagi tanishlari orqali masalani hal qilishga va’da bergan.
Ushbu xizmat evaziga hokim yordamchisi iPhone 17 Pro Max rusumidagi telefonni olgan. Shundan so‘ng u huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…