Yunonistonlik kompozitor va dirijyor Yanni Xrisomallis 2019 yilning 17 fevralida Xalqlar do‘stligi saroyida konsert beradi.
Ko‘p millatli orkestr bastakorning eng yaxshi asarlarini ijro etadi.
Yanni Xrisomallis turli musiqiy asboblar ijrosini biriktira olgan iste’dodli musiqachi sifatida e’tirof etiladi. 1993 yilda Xrisomallis yilning eng yaxshi instrumental tarkibi uchun “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Musiqiy jamoada Samvel Yervinyan, Armen Movsesyan va Sayaka Katsukilar skripka, Pedro Eustache damli cholg‘ular, Viktor Espinola arfa musiqiy asboblari bilan ijod qilishadi.
Yanni Xrisomallis turli uslublardagi musiqiy albomlarni ishlagan. Yannining eng mashhur asarlari orasida “Blade Runner” filmiga ishlagan musiqasi e’tirof etiladi. Musiqiy asar Vangelis (Evangelos Odisseas Papatanasiu) bilan birgalikda yaratilgan.
Yanni Xrisomallisning O‘zbekistonga ijodiy safari 13 oktyabrga belgilangan edi. Biroq Yannining sog‘lig‘idagi ayrim muammolari tufayli shu kunga belgilangan konsert dasturi kechiktirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi