“Benom” guruhi Xalqlar do‘stligi saroyida yangi konsert dasturini taqdim etadi

Sevimli taronalaringizni jonli ijroda tinglashga tayyormisiz? 27–30 noyabr kunlari Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida “Benom” guruhining “The Best: Yangi” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Konsert davomida muxlislar guruhning mashhur xit qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lishadi. Barcha taronalar 100 foiz jonli ijroda yangrashi kutilmoqda.
Konsert haqida:
Sanalar: 27–30 noyabr
Boshlanish vaqti: 19:30
Qo‘shimcha seans: 28 noyabr, soat 15:00
Manzil: Toshkent shahri, “Xalqlar do‘stligi” saroyi
Chiptalar: 70 000 so‘mdan boshlab
Konsertga tashrif buyurishni rejalashtirganlar chiptalarni iTicket.uz sayti orqali xarid qilishlari mumkin.































Izohlar 0
…