3 488
Pikassoning «Deraza qarshisida o‘tirgan ayol» kartinasi auksionda 103 mln dollarga sotildi
Foto: Twitter / Christie’s
Pablo Pikassoning «Deraza qarshisida o‘tirgan ayol» («Mariya-Tereza») kartinasi auksionda 103,4 million dollarga sotildi. Bu haqda Christie’s kimoshdi uyiga tayanib, Esquire xabar berdi.
Rassomning 1932 yilda ishlangan kartinasi 19 daqiqada sotilib ketdi. Yakuniy baho 90 million dollarni tashkil etgan, biroq yangi xaridorning qo‘shimcha barcha to‘lovlari hisobiga u 103,4 million dollarga aylangan. Savdolar avvalida ekspertlar uni 55 million dollarga baholagan edi.
«Deraza qarshisida o‘tirgan ayol» so‘nggi bor 2013 yilda auksionga qo‘yilgan edi. O‘shanda u 44,8 million dollarga anonim xaridorga sotilgandi.
#AuctionUpdate Pablo Picasso, 'Femme assise près d'une fenêtre (Marie-Thérèse)' realizes $103,410,000 after over 19 minutes of bidding! pic.twitter.com/G7oVzG5KMA
— Christie's (@ChristiesInc) May 14, 2021
Shuningdek, auksionda boshqa rassomlarning ishlari ham sotilgan: Klod Monening 1899—1903 yillar yaratilgan «Vaterloo ko‘prigi. Tuman effekti» kartinasi — 48 million dollar, Mark Rotkoning 1970 yildagi «Nomsiz» kartinasi — 38,1 million dollar.
Shuningdek, sotilgan kartinalar orasida Van Gogning «Trinkvetayldagi ko‘prik» (37,4 million dollar), Endi Uorxolning «Ikki Merilin» (15,8 million dollar), Mark Shagalning «Fleytist» (1,6 million dollar) asarlari ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi