Britan radiosi Madonnani o‘z eshituvchilari uchun keksalik qiladi deb hisobladi

1 daqiqa o'qish7.5K
Britan radiosi Madonnani o‘z eshituvchilari uchun keksalik qiladi deb hisobladi
Britan radiosi Madonnani o‘z eshituvchilari uchun keksalik qiladi deb hisobladi

Buyuk Britaniyaning eng yirik radiostansiyasi BBC Radio 1 56 yoshli qo‘shiqchi Madonnani hozirgi kunda ommabop emas va o‘z eshituvchilari uchun urfdan qolgan deb hisoblab, uning “Living For Love” (“Sevgi uchun yashash”) nomli qo‘shig‘ini efirdan olib tashladi.

The Daily Mail nashrining yozishicha, pop-musiqa yo‘nalishiga ixtisoslashgan Radio 1 radiostansiyasining yarim auditoriyasini 15 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Madonnaning vakillari bu vaziyatga munosabat bildirishmagan.

Shunga qaramasdan, BBC Radio 1 radiostansiyasining vakili qo‘shiqchining yoshi uning ijrosidagi qo‘shiqning pleylistga kiritilishida hal qiluvchi omil emasligini ta’kidlab o‘tdi.

“Qo‘shiqlar musiqa ijrochisining xizmatlari hamda unga bizning yosh auditoriyamiz munosabatidan kelib chiqib tanlanadi”, deydi ushbu vakil.

Qayd etish kerak, radiostansiya efirida 72 yoshli Pol Makkartnining ikkita qo‘shig‘i berib boriladi.

Ma’lumot uchun, Madonnaning ushbu qo‘shig‘i mart oyida sotuvga chiqariladigan uning yangi “Rebel Heart” albomidan joy olgan. Yangi albomdagi musiqiy materialning katta qismi internetga chiqib ketgani tufayli, ushbu kompozitsiya qo‘shiqchi tomonidan o‘tgan yilning dekabr oyida, muddatidan avval taqdim etilgan edi.

Manba: www.kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?