Xonanda Madonna umr bo‘yi nimadan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi

1 daqiqa o'qish3.5K
Xonanda Madonna umr bo‘yi nimadan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi
Foto: «popbella.com»
Xonanda Madonna Jimmi Fellon shousida hayotidagi eng katta ikkita narsadan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi.

2021 yil 30 sentabr kuni Madonna Paramount+ dan «Madam X» nomli yangi konsert filmini qo‘llab-quvvatlash uchun «Jimmi Fellonning kechki shousi»ga tashrif buyurdi. Suhbat chog‘ida boshlovchi xonanda qanday qilib Showgirls filmidagi rolini rad etganini, ammo kartina klassikaga aylanganini eslab o‘tdi. Madonnaning javobiga ko‘ra, u to‘g‘ri qaror qilgan. Shunga qaramay, u hali ham nimadandir afsus qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, 1990 yillarda qo‘shiqchiga Tim Bertonning «Betmanning qaytishi» filmidagi Mushuk ayol rolini taklif qilishgan, ammo u rad javobini bergan. Shuningdek, «Matritsa» blokbasteridagi roldan ham voz kechgan.
Xonanda Madonna umr bo‘yi nimadan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi
Foto: «Fimela.com»
«Ishonasizmi? Men ‘Matritsa’dagi roldan voz kechdim! Buning uchun o‘zimni o‘ldirmoqchi ham bo‘ldim. Bu men rozi bo‘lmagan eng yaxshi filmlardan biri edi, ehtimol. Afsuski, bundan hamon afsusdaman», – deydi Madonna.
Xonanda Madonna umr bo‘yi nimadan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi
Foto: Pinterest
Eslatib o‘tamiz, Mushuk ayol rolini Madonna rad etgach, Mishel Pfayffer ijro etgan. Film namoyishidan so‘ng MTV Mishelni dunyodagi eng talabgir aktrisa deb atagan. Xonandaga taklif qilingan «Matritsa»dagi bosh qahramon ayol rolini Kerri-Enn Moss o‘ynagan.

Shunga qaramay, Madonna 2021 yil 22 dekabrda premyerasi bo‘lib o‘tadigan «Matritsa qaytmoqda» deb nomlangan jangari filmda Triniti obrazida namoyon bo‘ladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?