date

Litsey imtihonidan norozilar uchun apellyatsiya sanasi belgilandi

Litsey imtihonidan norozilar uchun apellyatsiya sanasi belgilandi

Akademik litseylarga kirish bo‘yicha test sinovlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar uchun apellyatsiya jarayoni 2025 yil 12–14 avgust kunlari o‘tkaziladi. Bu jarayon 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari qoshidagi akademik litseylarga kirish testlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Shikoyat qilish istagida bo‘lgan talabgorlar belgilangan tartibda my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron shaklda murojaat yo‘llagan bo‘lishi lozim. Ularning arizalari Bilimni baholash agentligi tomonidan uch kun davomida ko‘rib chiqiladi.

Apellyatsiyada ishtirok etadigan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va imtihon ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtda kelishlari shart. Jarayon o‘tkaziladigan manzil, sana va vaqt har bir talabgorning shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Litsey imtihonidan norozilar uchun apellyatsiya sanasi belgilandi