Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida mamlakat bo‘yicha 95 275 ta nikoh qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagi raqamlar bilan taqqoslaganda barqaror dinamikani ko‘rsatmoqda.
Erkaklar yosh toifasi bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: 20 yoshgacha — 1,4 %, 20-30 yosh — 79,3 %, 31-40 yosh — 13,2 %, 41 yosh va undan kattalar — 6,1 %. Demak, erkaklarning asosiy qismi 20-30 yosh oralig‘ida oila qurmoqda.
Ayollarda esa manzara biroz farq qiladi: 20 yoshgacha — 34,0 %, 20-30 yosh — 54,2 %, 31-40 yosh — 9,1 %, 41 yosh va undan kattalar — 2,7 %. Ko‘rinib turibdiki, ayollar erkaklarga nisbatan ancha yoshroqda turmushga chiqishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar