date

Donald Trampning Shavkat Mirziyoyevga “ko‘z qismasi” internetni portlatdi!

Donald Trampning Shavkat Mirziyoyevga “ko‘z qismasi” internetni portlatdi!

Markaziy Osiyo yetakchilari ishtirokidagi uchrashuv chog‘ida kutilmagan lahza butun internetni larzaga soldi. AQSh  prezidenti Donald Tramp yig‘ilish paytida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ko‘z qisgani aks etgan video qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, millionlab ko‘rishlarga sabab bo‘ldi.

Ushbu qisqa, ammo ta’sirli lahza ko‘plab foydalanuvchilar orasida turlicha talqin qilindi. Kimdir buni “do‘stona iliqlik va hurmat belgisi” deb izohlasa, boshqalar bu holatni Trampga xos hazil-mutoyiba yoki diplomatik ishora sifatida baholadi.

Tramp va Mirziyoyev o‘rtasidagi ushbu lahza, rasmiy bayonotlarsiz ham, ko‘plab tahlillarga sabab bo‘ldi. Har holda, internet foydalanuvchilari uchun bu “bir soniyalik video” allaqachon afsonaga aylangan.

“Diplomatiya jiddiy narsa, lekin ba’zan birgina ko‘z qisish ham muzlarni eritishi mumkin”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Donald Trampning Shavkat Mirziyoyevga “ko‘z qismasi” internetni portlatdi!