O‘zbekistonda binolarda yonuvchan materiallardan foydalanish taqiqlanadi

1 daqiqa o'qish202
O‘zbekistonda binolarda yonuvchan materiallardan foydalanish taqiqlanadi

O‘zbekiston hukumati tomonidan binolarni tashqi devorlarida kuchli yonuvchan materiallarni qo‘llashni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda 1-dekabr kuni ekologik barqarorlik, qish mavsumiga tayyorgarlik va yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi 44 mingdan ortiq ko‘p qavatli binolarda yong‘in xavfsizligi holatini to‘liq o‘rganish zarurligini ta’kidladi. U shuningdek, favqulodda vaziyatlar tizimining yong‘in xavf-xatarlari bilan bog‘liq muammolarga tayyor bo‘lishi kerakligini qayd etdi.

Prezident tomonidan binolarning tashqi devorlarida kuchli yonuvchan materiallarni qo‘llashni taqiqlovchi qat’iy talablarni qonun hujjatlariga kiritish zarurligi ta’kidlandi. Bu chora, ko‘p qavatli uylarda qurilish normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalarini xalqaro tajribaga moslashtirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, mas’ul rahbarlarning javobgarligini kuchaytirish va qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Bu yangilik, binolarda xavfsizlikni ta’minlash va fuqaro xavfsizligini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?