date

Kitob o‘qigan mahkumlarga jazo muddati qisqartiriladimi?

Kitob o‘qigan mahkumlarga jazo muddati qisqartiriladimi?

O‘zbekistonda mahkumlarning ma’naviy rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan yangi tartib joriy etilishi mumkin. Unga ko‘ra, kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.

Tashabbusga asosan, mahkum tomonidan o‘qilgan kitoblar maxsus komissiya tomonidan baholanadi va tasdiqlanadi. Komissiya xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, ushbu holat sudga taqdim etiladi.

Shundan so‘ng sud mahkumning jazo muddatini yiliga 30 kungacha qisqartirish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin bo‘ladi. Bu imtiyoz har bir holatda individual tarzda, mahkumning xulq-atvori, intizomi va ijtimoiy xavfsizligi inobatga olingan holda qo‘llanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kitob o‘qigan mahkumlarga jazo muddati qisqartiriladimi?