Ayol huquqlari himoya qilinib, mol-mulklari olib berildi

Har qanday nizoda qonuniy yo‘lni tanlash eng to‘g‘ri qaror. Bu esa nafaqat haqiqatni tiklaydi, balki qonuniy huquqlarni ham ishonchli himoya qiladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining ajrimiga asosan fuqaroga tegishli mol-mulklarini sobiq turmush o‘rtog‘ining uyidan olib berish belgilangan.
Mazkur sud hujjati Byuroning Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, davlat ijrochilari tomonidan tezkor ijro harakatlari amalga oshirildi.
Natijada sud ajrimida ko‘rsatilgan mebel jihozlari, maishiy texnika vositalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqa mol-mulklar qonunchilik talablariga muvofiq ro‘yxatga olinib, undiruvchiga topshirilishi ta’minlandi. Shu tariqa sud qarori ijrosi to‘liq ta’minlandi.
Qonun ustuvor bo‘lgan joyda haqiqat qaror topadi. Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish esa Majburiy ijro byurosining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolaveradi.































Izohlar 0
…