O‘zbekistonda 40 yoshdan keyin turmush qurgan ayollar soni qancha bo‘ldi?

2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda FHDYO organlari tomonidan 42,3 mingta nikoh rasman qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, nikohdan o‘tgan ayollarning asosiy qismi 20–30 yosh toifasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, katta yoshda turmush qurayotgan ayollar ulushi ham saqlanib qolmoqda.
Statistikaga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lgan kelinlar soni 14 946 nafarni tashkil etgan. Bu umumiy nikohlarning 35,3 foiziga teng ekani aytilmoqda.
20–30 yosh oralig‘ida turmush qurgan ayollar soni esa 22 436 nafar bo‘lgan. Mazkur ko‘rsatkich umumiy nikohlarning 53 foizini tashkil qilgan. 31–40 yoshda nikohdan o‘tgan ayollar soni 3 687 nafarga yetgan. 41 yosh va undan katta yoshda turmush qurgan ayollar esa 1 232 nafarni tashkil etgan. Bu umumiy nikohlarning 2,9 foiziga tengligi qayd etilgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promille ekani ma’lum qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!