Opa-singil Mirziyoyevalar qo‘g‘irchoq teatridagi spektaklni tomosha qildi

1 daqiqa o'qish251
Opa-singil Mirziyoyevalar qo‘g‘irchoq teatridagi spektaklni tomosha qildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Opa-singil Saida va Shahnoza Mirziyoyevalar O'zbek Milliy qo'g'irchoq teatriga tashrif buyurib, Vilgelm Gaufning ertagi asosidagi "Xalifa Laylak" spektaklini tomosha qilishdi.
  • Saida Mirziyoyeva teatrda rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi yakunlanganidan keyin uning hayoti yanada faollashgani va tarixiy qiyofasi ehtiyotkorlik bilan saqlab qolinganini ta'kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va World Aquatics Byurosi a’zosi Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurdi.

Opa-singil Mirziyoyevalar teatr sahnasida Vilgelm Gaufning mashhur ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomosha qildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

“Biz O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatriga borib, katta taassurotlar oldik. Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalashtirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini ko‘rdik. Bu asar inson irodasi, o‘zligini anglash va hayotiy qadriyatlar haqida hikoya qiluvchi biz uchun ham aziz va sevimli asarlardan biri”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uning ta’kidlashicha, rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi yakunlanganidan keyin teatr hayoti yanada faollashgan.

“Bugun bu yerda spektakllar namoyish etilmoqda, bolalarning quvonchli kulgusi yangramoqda, ota-onalar farzandlari bilan vaqt o‘tkazmoqda. Teatrning tarixiy qiyofasi va o‘ziga xos muhiti ehtiyotkorlik bilan saqlab qolindi. “Ertaklar shaharchasi”, zalning cho‘yan eshiklari, karnay chalayotgan sozandalar timsoli, noyob shisha plafonlar, peshtoq kompozitsiyalari hamda mozaikalar qayta tiklandi”, dedi u.

Ma’lum qilinishicha, Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi uchta teatr faoliyati bilan ham tanishib, ularning binolarini ko‘zdan kechirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, teatrlar va muzeylarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ta’mirtalab binolarni qayta tiklash hamda ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash masalalarini hal etish uchun mas’ul shaxslar belgilangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?