Gollivud yulduzi Edrian Broudi Shahnoza Mirziyoyevaga o‘zi chizgan suratni sovg‘a qildi (foto)

Ikki karra «Oskar» mukofoti sovrindori, amerikalik aktyor Edrian Broudi Samarqandda o‘tkazilayotgan Bolalar farovonligi bo‘yicha Butunjahon sammitida ishtirok etmoqda.
2026 yil 21–22 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan xalqaro sammit bolalar huquqlarini himoya qilish, ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning farovonligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan. Tadbirda 100 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, sammit doirasida Edrian Broudi O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaga o‘zi chizgan suratni sovg‘a qilgan.































Izohlar 0
…