Dengiz tubidan 162 yillik mashhur pivo topildi

Angliyaning Duvr sohili yaqinida 1864 yilga tegishli, 162 yil avval ishlab chiqarilgan Guinness pivosi solingan shisha topildi. Uni 2025 yilda Belgiyalik suv osti fotografi Stefan Panis kemalar halokati joylashgan hududda aniqlagan. Butilkadan olingan namunalar Belgiyadagi KU Leuven universiteti laboratoriyasiga yuborilib, olimlar pivoning tarkibi va ta'mini o'rganishni rejalashtirmoqda.
Angliyaning Duvr sohili yaqinida suv osti tadqiqotlari olib borayotgan g‘avvoslar 162 yil avval ishlab chiqarilgan Guinness pivosi solingan shishani topishdi.
Belgiyalik suv osti fotografi Stefan Panis 2025 yilda kemalar halokati joylashgan hududda g‘alati shishani ko‘rib qolgan. Uni suv yuzasiga olib chiqib, chayishganida esa undagi Guinness yozuvi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, shisha 1864 yilga tegishli.
Panisning fikricha, dengiz tubida bunday shishalar yana ko‘p bo‘lishi mumkin. U topilgan shisha joylashgan qutida 24 ta shisha bo‘lganini taxmin qilmoqda.
Topilma pivo bo‘yicha mutaxassislarni ham qiziqtirdi. Butilkadan olingan namunalar Belgiyadagi KU Leuven universiteti laboratoriyasiga yuborildi. Olimlar 1864 yildagi pivoning tarkibi va ta’mini o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Agar namunalardan yetarlicha DNK ma’lumoti olinsa, mutaxassislar 162 yil avvalgi Guinness ta’mini qayta yaratishga urinib ko‘rishi mumkin.
Eng qizig‘i, tadqiqotchilar pivo hali ham ichishga yaroqli bo‘lishi ehtimolini ham istisno qilmayapti. Bu esa shishaning probkasi orqali dengiz suvi kirgan-kirmaganiga bog‘liq.
Panisning o‘zi Guinness'ni unchalik yoqtirmasligini aytgan bo‘lsa-da, mutaxassislar pivoni xavfsiz deb topsa, uni tatib ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
Ayni paytda Guinness arxivi va g‘avvoslar topilma haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganmoqda.






























Izohlar 0
…