1832 yilda tug‘ilgan toshbaqa hanuzgacha yashamoqda (video)

1 daqiqa o'qish39.5K
1832 yilda tug‘ilgan toshbaqa hanuzgacha yashamoqda (video)

Jonatan ismli 194 yoshli toshbaqa rasman Ginnesning rekordlar kitobi timsoli sifatida e’tirof etildi. Sayyoradagi eng keksa quruqlik jonivori Napoleonning so‘nggi surgun qilingan manzili — Sent-Yelena orolida yashamoqda. Bu haqda orol ma’muriyati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, «dunyodagi eng keksa ma’lum quruqlik jonivori va orolning barchaga sevimli mahalliy turg‘uni bo‘lgan Jonatan rasman Ginnesning rekordlar kitobi timsoli sifatida tan olindi».

Orol hukumati matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Jonatan yoshi ancha ulug‘ bo‘lishiga qaramay, hanuzgacha turli ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Mazkur voqeaga Sent-Yelena oroli gubernatori Nayjel Fillips ham munosabat bildirdi.

Katta toshbaqa yashil maysazorda turibdi.

Uning ta’kidlashicha, Jonatan ko‘plab avlodlar davomida orolning o‘ziga xos ramzi va jamoaviy xotirasining ajralmas qismi bo‘lib kelgan.

«Global miqyosdagi bu e’tirof jamiyatimiz allaqachon biladigan haqiqatni yana bir bor tasdiqladi. Jonatan nafaqat o‘z yoshi bilan hayratlanarli jonzot, balki Sent-Yelena oroli va uning xalqi uchun haqiqatan ham noyob hodisadir», dedi gubernator.

Ma’lumot uchun, ushbu ulkan jonivor «Aldabra gigant toshbaqasi» turiga mansub bo‘lib, odatda bu tur vakillari 150 yilgacha umr ko‘radi.

Jonatan esa 1832 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1882 yilda Seyshel orollaridan Sent-Yelena oroliga olib kelingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?