Afg‘oniston O‘zbekiston haqidagi bahsli bayonotlarga rasmiy javob berdi

1 daqiqa o'qish345
Afg‘oniston O‘zbekiston haqidagi bahsli bayonotlarga rasmiy javob berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekistonning Kobul shahridagi elchixonasi Afg'oniston rasmiysi nomidan O'zbekistonga nisbatan aytilgani haqida tarqalgan tanqidiy bayonotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qildi.
  • Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda Afg'oniston muvaqqat hukumatining Fazilatlarni targ'ib qilish va yomonliklarning oldini olish vaziri Xolid Hanafiy nutqida O'zbekiston haqida tanqidiy fikrlar bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘zbekistonning Kobul shahridagi elchixonasi Afg‘oniston rasmiysi nomidan O‘zbekistonga nisbatan aytilgani haqida tarqalgan tanqidiy bayonotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vaziri Xolid Hanafiy nutqida O‘zbekiston haqida tanqidiy fikrlar bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur ma’lumotlar yuzasidan O‘zbekiston tomoni tezkor o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. Natijada 16 iyul kuni Afg‘onistonning Fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirligi rasmiy raddiya berib, tarqalgan iddaolar haqiqatga mos emasligini ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotda ayrim ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalar ikki qardosh davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetkazish maqsadida faktlarni noto‘g‘ri talqin qilayotgani ta’kidlangan.

Vazirlik bayonotida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri ekani, Imom Buxoriy kabi buyuk ulamolar vatani sifatida yuksak qadrlanishi qayd etildi. Shuningdek, Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi diniy, tarixiy va madaniy yaqinlik alohida e’tirof etildi.

Rasmiylarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim nashrlarda O‘zbekiston haqida tarqalgan salbiy mazmundagi fikrlar vazirning haqiqiy pozitsiyasini aks ettirmaydi. Shu bois mazkur da’volar qat’iy rad etildi va ular haqiqatni buzib ko‘rsatish sifatida baholandi.

Bayonot yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona, o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari kelgusida ham mustahkamlanib borishiga ishonch bildirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?